Tuman markazidan olisda joylashgan ushbu mahalla fuqarolar yigʻinida 900 dan ortiq xonadon boʻlib, 5 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Tabiiyki, deyarli har kuni mahalla ahli biror yumush bilan Davlat xizmatlari markaziga borishiga toʻgʻri keladi. Shu bois markaz xodimlari mobil avtobusda mahalla aholisining uzogʻini yaqin, ogʻirini yengil qilish maqsadida sayyor qabul oʻtkazdi.
Sayyor qabulda yigirmaga yaqin fuqaroga davlat xizmatlari koʻrsatildi. Fuqarolar, asosan, koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, kadastr pasportini shakllantirish, jismoniy shaxslar uchun soliq toʻlovchining identifikatsion raqamini (STIR) olish, farzandlarini davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilish uchun yoʻllanma berish borasida murojaat qildi.
DXA Toshkent viloyati boshqarmasi
matbuot xizmati