Ohangaron shahar dehqon bozoriga tashrif buyurayotgan fuqarolarga DXA Toshkent viloyati boshqarmasi rahbarlari va markaz mutaxassislari bepul huquqiy maslahatlar berib, davlat xizmatlarini sayyor tartibda koʻrsatish bilan birga saylov qonunchiligi boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlarini olib bormoqda.
Oʻrta Chirchiq tumanida “Oʻzimiz keldik” aksiyasi “Jannatmakon” savdo markazida tashkil etildi. Davlat xizmatlari markazi va FHDY boʻlimi xodimlari fuqarolarga sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan birga davlatimiz va jamiyatimiz kelajagi uchun muhim boʻlgan siyosiy jarayon Prezident saylovi boʻyicha huquqiy maslahatlar ham bermoqda.
Bekobod shahar dehqon bozorida ham “Oʻzimiz keldik” aksiyasi oʻtkazilmoqda. Shahar Davlat xizmatlari markazi va FHDY boʻlimi xodimlari tomonidan koʻrsatilgan sayyor davlat xizmatlaridan fuqarolar unumli foydalandi. Tadbir davomida 20 nafarga yaqin aholiga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilgan boʻlsa, 30 nafarga yaqin fuqaroga huquqiy maslahatlar hamda saylov qonunchiligiga oid yangiliklar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
DXA Toshkent viloyati boshqarmasi
matbuot xizmati