Unda Oʻzbekiston tomonidan soʻnggi yillarda ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilayotgani, bu borada qisqa vaqt ichida koʻplab huquqiy hujjatlar qabul qilingani qayd etildi.
“Oʻzbekiston – 2030 strategiyasi”da zamonaviy texnologiyalarni jadal joriy etish va sanoatning turli tarmoqlarini raqamlashtirish asosiy ustuvor yoʻnalishlar qatorida belgilab berilganligi taʼkidlandi.
Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida Oʻzbekiston 2023-yilda Global Innovatsiyalar indeksi reytingida 2015-yilga nisbatan 40 pogʻonaga koʻtarilgani alohida eʼtirof etildi.
Debat davomida delegatsiyamiz tomonidan kelgusida innovatsiya sohalarini ragʻbatlantirish hamda parlamentlarning kadrlar salohiyatini oshirish va rivojlantirish yoʻnalishida tajriba almashish, fan va texnologiya sohasida global muloqotni kuchaytirish tashabbusini ilgari surdi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.