Uchrashuv davomida Senat Raisi T.Narbayeva mehmonlarni tashrif bilan qutlab, mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, Oʻzbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalari va parlamentlararo hamkorlik borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

Jumladan, Oʻzbekiston va Polsha oʻrtasidagi uzoq yillik doʻstona munosabatlar, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy-madaniy va parlamentlararo hamkorlik yangi bosqichga koʻtarilganiga alohida urgʻu berildi.

Shuningdek, Oʻzbekistonning YeXHT bilan hamkorlik masalalariga, tashkilot loyihalarini mamlakatimizda amalga oshirish borasida qilinayotgan ishlarga toʻxtalib oʻtildi.

Muloqot davomida istiqboldagi rejalar va loyihalar ham muhokama qilinib, hamkorlik aloqalarini kelgusida yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.