Bu haqda Oliy Majlis senati axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya Federatsiyasi, Eron, Belarus, Ozarbayjon hamda Armanistonning parlamentlari rahbarlari tashrif buyurgan.

Konferensiya avvalida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Dushanbe shahriga tashrif buyurgan barcha delegatsiya rahbarlarini qabul qildi.

Anjuman oʻz ishini ertaga boshlaydi.