Tomonlar so‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar va o‘zaro muloqot yangi sifat darajasiga ko‘tarilganligini qayd etdilar.

M.Mekachchi O‘zbekistondagi demokratik islohotlarga yuqori baho berib, o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirishga tayyorligini ma’lum qildi.

Uchrashuvda xalqaro standartlar va eng yaxshi xorij amaliyoti asosida O‘zbekistonda saylov to‘g‘risidagi milliy qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar haqida qisqa axborot berildi.

YeXHT DIIHB direktori joriy yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonida DIIHB o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

  1. Mekachchi saylov jarayoni demokratik prinsiplar va standartlarga muvofiq o‘tishi uchun O‘zbekistonda saylov tizimini yanada takomillashtirish masalalariga berilayotgan e’tiborni yuqori baholadi.

Tomonlar hamkorlik va o‘zaro munosabatlarni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirib, o‘zaro manfaatli masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Tashrif davomida YeXHT DIIHB ekspertlari siyosiy partiyalar, bir qator idoralar, NNT rahbarlari, OAV va O‘zbekistondagi xalqaro tashkilotlar vakillari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazadi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.