Uchrashuvda YETTB va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va chuqurlashtirish istiqbollari muhokama etildi.

YETTB delegatsiyasi rahbari Oʻzbekistonda aholi turmush darajasini oshirish, kambagʻallikni kamaytirish, gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan oʻzgarishlar va islohotlar koʻlamini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Tomonlar soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va YETTB oʻrtasidagi hamkorlik yuqori darajaga koʻtarilganini qayd etdi.

Jonatan Aves YETTB Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi maqsadlariga erishishda har tomonlama koʻmak berishga tayyor ekanligini tasdiqladi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha oʻzaro manfaatli sohalarda samarali hamkorlikni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.