Xususan, Oliy Majlis Senati Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi raisi B.Alixanov mutasaddi soha vakillari ishtirokida “Nukus dehqon bozori”dagi “Daladan dasturxongacha” yarmarkasida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari bilan qiziqdi.
Oʻrganishlar davomida sotuvchi va xaridorlar bilan muloqot qilindi. Bugungi kundagi talabdan kelib chiqqan holda ayrim joylarda elektron toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatlarini yana-da kengaytirish boʻyicha tegishli soha vakillariga takliflar bildirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, Nukus tumani “Aqmangʻit dehqon bozori”da sotilayotgan oziq-ovqat, sut va goʻsht mahsulotlarining narxlari bilan tanishildi. Oʻrganishlar davomida sotuvchi va xaridorlar bilan muloqot qilib, barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetarli darajada olib kelinganligi va boshqa tovarlarning arzon bahoda sotilayotganligi maʼlum boʻldi.
Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati