Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 2-bandiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni 9-moddasi birinchi qismining 2-bandiga muvofiq, Mirzo-Ulugʻbek Elchiyevich Abdusalomovni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi etib saylash toʻgʻrisida Oliy Majlis Senatining qarori qabul qilindi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi Baxtiyor Dexkonboyevich Miralimovning vakolati muddatidan ilgari tugatildi.

Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati