Gazetaning yozishicha, Glishich studiyada o'zini yomon his qilgan, shu bois dastur zudlik bilan to'xtatilgan. Televizion ko'rsatuvdan olingan kadrlardan ko'rinib turibdiki, boshlovchilar bilan suhbat chog'ida vazirning gaplari tushunarsiz bo'lib qolgan, shuningdek, yuzida sezilarli assimetriya paydo bo'lgan. Glishich zudlik bilan Serbiya klinik markaziga olib ketildi. Gazeta xabariga ko'ra, Prezident Aleksandr Vuchich voqea haqida ma'lumot olgach, darhol shifoxonaga borgan.

Sog'liqni saqlash vaziri Zlatibor Lonchar muassasadan bayonot berdi.

“Teleko'rsatuv paytida uning [Glishich] ahvoli yomonlashib qoldi, u hushsiz holatda shifoxonaga olib borildi. Hozirda diagnostika ishlari olib borilmoqda va terapiya boshlandi. Barcha choralar ko'riladi. Hammamiz xavotirdamiz, prezident [Vuchich] birinchi daqiqalardanoq shu yerda edi. Bu holat barchamizni larzaga soldi, ammo terapiya, ko'rilayotgan choralar muvaffaqiyatli yakunlanishiga umid qilamiz. Hozircha uning ahvoli og'ir ekanini bilamiz. Muhimi, u insultdan keyin shifoxonaga o'z vaqtida yetkazildi, chunki dastlabki bir necha soat hal qiluvchi ahamiyatga ega, dedi Lonkar.

Gazeta Glishichni Serbiya rahbarining eng yaqin va ishonchli kishilaridan biri deb atadi, deb xabar berdi tass.ru.