Ularning taʼkidlashicha, yuzaga kelgan holatga serbiyalik ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagani hamda mehnat shartnomasi tuzilmagani sabab boʻlgan. Oqibatda ular uch oy davomida ishlab, ish haqini ololmagan va ogʻir moddiy ahvolga tushib qolgan.

Mazkur holatni inobatga olgan holda, Elchixonaning konsullik boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi hamda Mehnat migrantlarini qoʻllab-quvvatlash va yordam jamgʻarmasi bilan hamkorlikda fuqarolarga aviachipta xarid qilish masalasini muhokama qilgan.

Kelishuv natijasida hamyurtlarning Oʻzbekistonga qaytishi uchun aviachiptalar bepul asosda xarid qilinib, ular Vatanga sogʻ-salomat qaytarildi, deya xabar beradi “Dunyo” AA.