Sergeli metrosining ilk sinovi boshlandi

    Transport 26 Noyabr 2020 940

    Toshkent metropolitenining Chilonzor yoʻnalishi Olmazor bekatidan yangi qurilayotgan Sergeli metro yoʻnalishining soʻngi bekatigacha boʻlgan oraliqda test rejimida poyezd oʻz harakati amalga oshirildi.

    Bu haqda “Oʻzbekiston 24” telekanalida lavha namoyish etildi.

    Sinov jarayonida ustki poʻlat izlarning muntazam harakatlanishga tayyor ekanligi tasdigʻini topdi.

    Hozirda bekatlar milliy meʼmoriy koʻrinishdagi koʻrkam holatga keltirilib, soʻnggi montaj va pardozlash ishlari olib borilmoqda. Bu jarayonga 1200 nafarga yaqin mutaxassis va ishchi xodimlar, 100dan ortiq mashina va texnika jalb qilingan.

    Mazkur yoʻnalish 5ta bekatdan iborat boʻlib, umumiy uzunligi 6,2 km. Yil oxiriga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan mazkur yer usti metrosi orqali yoʻlovchilar Buyuk ipak yoʻli bekatidan toʻgʻridan-toʻgʻri Sergeliga bora oladilar.

    Sergeli yoʻnalishi bir kunda qariyb 35 ming yoʻlovchiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan.

    Qayd etish joizki, Sergeli yer usti metrosining qurilish ishlari 2017-yilda boshlangan edi. Ushbu bunyodkorlik ishlari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning “Koʻprik qurilish trest” unitar korxonasi tomonidan bajarilmoqda.