Shu yilning 09-iyul kuni soat 19:40 larda Sergeli tumani Qipchoq koʻchasida 3ta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan edi.
Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, YTH natijasida haydovchi 1981-yilda tugʻilgan (ayol) D.U. boshqaruvida boʻlgan Spark rusumli avtomashinasi yoʻlovchisi 1991-yilda tugʻilgan (ayol) S.X. shifokorlarning saʼy-harakatlariga qaramasdan olgan tan jarohatlari natijasida vafot etdi.
Shuningdek ushbu yoʻl transport hodisasi natijasida Spark rusumli avtomashina haydovchisi 1981-yilda tugʻilgan (ayol) D.U. va Honda rusumli avtomashina yoʻlovchisi 2002-yilda tugʻilgan (ayol) M.R.lar tan jarohat olib shifoxonaga yotqizildi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov jarayonlari davom etmoqda.
Yoʻl-transport hodisasida vafot etgan marhumaning oila aʼzolariga hamdardlik bildiramiz deyiladi xabarda