Shahram Ahadov dzyudo boʻyicha Osiyo chempioni boʻldi

    Shukurjon Aminova va Arslon Tojiyev esa “bronza” bilan kifoyalanishdi.

    Tailand poytaxti Bangkok mezbonlik qilayotgan dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatining bugungi kuni Oʻzbekiston terma jamoasi uchun omadli keldi. Kurashchilarimiz 26-aprel kuni 1 ta oltin va 2 ta bronza medaliga sazovor boʻldi.

    Shahram Ahadov (-73 kg) barcha raqiblarini yengib, sovrinlari qatoriga qitʼa chempionligini ham qoʻshib qoʻydi. Shukurjon Aminova va Arslon Tojiyev esa “bronza” bilan kifoyalanishdi.

    Oltin medal:

    • -73 kg: Shahram Ahadov

    Bronza medal:

    • -57 kg: Shukurjon Aminova
    • -81 kg: Arslon Tojiyev.