Tailand poytaxti Bangkok mezbonlik qilayotgan dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatining bugungi kuni Oʻzbekiston terma jamoasi uchun omadli keldi. Kurashchilarimiz 26-aprel kuni 1 ta oltin va 2 ta bronza medaliga sazovor boʻldi.

Shahram Ahadov (-73 kg) barcha raqiblarini yengib, sovrinlari qatoriga qitʼa chempionligini ham qoʻshib qoʻydi. Shukurjon Aminova va Arslon Tojiyev esa “bronza” bilan kifoyalanishdi.

Oltin medal:

  • -73 kg: Shahram Ahadov

Bronza medal:

  • -57 kg: Shukurjon Aminova
  • -81 kg: Arslon Tojiyev.