Aviaqatnovlar Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlariga tiklanadi, Zomin aeroportiga yoʻlga qoʻyiladi

    Transport 27 Oktabr 2022 2843

    Prezidentning “Respublikada mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

    Hujjatga koʻra:

    ➖ hududlarni bir-biri bilan oʻzaro bogʻlash maqsadida 2023-yil mart oyidan boshlab Samarqand-Nukus, Samarqand-Moʻynoq, Samarqand-Termiz, Buxoro-Termiz, Namangan-Termiz va Namangan-Nukus kabi yangi yoʻnalishlarda muntazam aviaqatnovlarni boshlash;

    ➖ Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarining turizm salohiyatini yanada oshirish maqsadida Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlariga aviaqatnovlarni tiklash, shuningdek, Zomin aeroportiga aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish;

    ➖ aviaqatnovlar jadvalini yoʻlovchilar uchun qulay boʻlgan temir yoʻl, avtobus va mikroavtobus yoʻnalishlari bilan integratsiyalash orqali yagona logistika tizimini yaratish choralari koʻriladi.

    Shuningdek, Oʻzbekistonning rezident aviakompaniyalariga ichki turizm yoʻnalishlaridagi aviaqatnovlar uchun avia chipta narxining 25 foizi miqdorida respublika byudjetidan subsidiya ajratish muddati 2026-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.