Viloyatda yilning toʻrt mavsumida turistlarni jalb qilish uchun salohiyat bor.

Lekin, bu hozir Shahrisabz tumani, Shahrisabz shahri va Kitob bilan cheklangan. Yil boshidan viloyatga 180 ming xorijiy sayyoh kelgan, xolos. 

Yangi tajriba qilinib, germaniyalik hamkorlar bilan Shahrisabz tumanidagi 3 ta turizm mahallasining master-rejasi tayyorlandi.

Bunda, 450 million dollar qoʻshimcha investitsiya va yiliga 1 million sayyoh jalb etadigan infratuzilma yaratilmoqda. Natijada tadbirkorlarda ishtiyoq kuchayib, bu loyihalarning 367 million dollari yoki 81 foizini ularning oʻzi tikayapti.

Buni hisobidan Shahrisabzni oʻzida yiliga qoʻshimcha 500 milliard soʻm tushum kutilayapti, 5 mingta yangi doimiy ish oʻrni paydo boʻlayapti.

Mutasaddilarga shu tajriba asosida yil yakunigacha Qamashi tumani va Qarshi shahrida ham loyihalarni ishga tushirish topshirildi.