Bu haqdagi maʼlumot Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasida keltirilgan.

Hujjat loyihasiga koʻra, mazkur loyihani bajarish uchun Fransiya taraqqiyot agentligi 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 20 yil mobaynida qaytarish muddati bilan 81,16 mln yevro miqdorida qarz ajratilishini maʼqullagan.

Taʼkidlanishicha, loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining hissasi — qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplash, soliq va bojxona imtiyozlari koʻrinishda 10,7 mln yevroni tashkil etadi.

Loyihani 5 yil mobaynida, xususan, 2021-2024-yillar davomida amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Qaror loyihasi bilan tanishish, fikr va mulohazalarni bildirish joriy yilning 28-fevraliga qadar davom etadi.