1-Milliy Kongress ishini Oʻzbekiston Notarial palatasi raisi Д.Ашуров boshqarib bormoqda.
Oʻzbekiston notariuslari 1- Milliy Kongressi qatnashchilarini Qashqadaryo viloyat hokimi Murodjon Azimov nomidan Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Boʻriyev muborakbod etib, tadbir ishiga muvaffaqiyatlar tiladi va Shahrisabz shahridan esladik sovgʻasi topshirdi.
Shuningdek, 1-Milliy Kongress qatnashchilarini Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Salohiddin Nuriyev tabriklab, Oʻzbekiston notariat tizimida olib borilayotgan islohotlar, Oʻzbekiston Notarial palatasi tomonidan xalqaro maydonda mamlakat nufuzini yaxshilashga qaratilgan harakatlarning ijobiy natijasini alohida taʼkidlab oʻtdi. Shu bilan birga Kongressning juda ham muhim mavzuga bagʻishlanganligi, meros ishi doimgidek jamiyatda dolzarbligi, bugungi notariuslar kengashida ushbu mavzuning muhokamasi meros masalalarida kamchiliklarni bartaraf etishga yordam berishini eʼtirof etdi.
Kongressda aholi uchun juda dolzarb – «Merosni rasmiylashtirish borasida mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish» mavzusining muhokamasiga bagʻishlangan boʻlib, unda tegishli sohalar mutaxassislari hamda notariuslar tomonidan merosni rasmiylashtirishda muammolar va yechimlar, takliflar muhokama etilmoqda.
Kongressda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish markazi rahbari Е.Канязов «Intellektual mulk qonunchiligida meros instituti» mavzusida soʻzga chiqdi. Dolzarbligi sarlavhasidan ham koʻrinib turgan maʼruzada maʼruzachi bugun jamiyatimizda yangi boʻlgan intellektual mulkni meros qilib qoldirish va uning qonun bilan muhofaza qilinishiga batafsil toʻxtalib oʻtdi.