Nizom notariuslar tomonidan jismoniy yoki yuridik shaxsning vakili notarial idoraga kelmaganda masofadan videokonferensaloqa rejimi orqali notarial harakatlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Nizomga koʻra, notarial harakatlar videokonferensaloqa rejimida E-notarius.uz axborot portali hamda Notarius avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tasdiqlanadi.

Murojaat qiluvchi notarial harakatni videokonferensaloqa rejimida amalga oshirish uchun elektron tarmoqdan foydalanish shartlari bilan tanishadi va roziligini tasdiqlaydi.

Murojjat qiluvchi elektron tarmoqda tasdiqlashni soʻrayotgan notarial harakatning nomini aniq koʻrsatadi va zarur maʼlumotlarni toʻldiradi.

Notarius murojaat kelib tushgan vaqtdan boshlab 1 ish kunida uni oʻrganib chiqadi hamda unda kamchiliklar mavjud yoki yoʻqligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.

Notarius bilan shaxsiy muloqot davomida notarial harakat taraflari joylashgan joyda ulardan boshqa shaxslarning boʻlmasligi, ular joylashgan joy shovqindan xoli, yorugʻ boʻlishi va videotasvir tiniq koʻrinishi shart.

Notarial harakat loyihasi imzolash uchun tayyor boʻlgandan soʻng notarius tomonidan taraflarga ularning huquq va majburiyatldari, amalga oshirilayotgan notarial harakatning mazmuni va oqibatlari tushuntiriladi.