Shakarning o'rnini bosuvchi mahsulot bilan bog'liq masala bir necha yondashuvga ega. Ulardan biri kimyoviy muqobillar – shirin ta'mga ega sun'iy moddalar. Ammo jiddiy muammo borki, odam organizmi har doim ham ularga moslasha olmaydi va yaqinda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar ularning sog'liq uchun zararli ekanini ko'rsatadi.

Ushbu loyiha ustida ishlayotgan olimlarning aytishicha, ularning jamoasi shirin ta'mni shakardan hosil qilishmagan. Balki maxsus turdagi oqsilning ta'm retseptorlari bilan o'zaro ta'sirga kirishganda shirin ta'm hosil qiluvchi noyob Afrika mevasini topishga muvaffaq bo'lishgan.

Tadqiqot guruhining biotexnologlari laboratoriyada ushbu shirin oqsilni yaratish usulini ishlab chiqishdi. Ular mikroorganizmlarga bu oqsilni ishlab chiqarish uchun imkon beruvchi maxsus qurilma yaratishdi. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, bu oqsilning atigi 1 grammi 10 kilogramm shakar o'rnini bosa oladi.

Ushbu tadqiqot uglevodlar yoki zararli kimyoviy moddalarsiz, shakar o'rnini bosuvchi mahsulotlar yo'nalishida katta yangilik bo'lishi mumkin. Garchi bu texnologiya qo'shimcha izlanishlar va sinovlarni talab qilsa-da, bu yangilik oziq-ovqat sanoatini o'zgartirish va odamlarga shirinliklarni iste'mol qilish uchun xavfsiz muqobil mahsulotni taqdim etish imkoniyatiga ega, deb xabar beradi planet-today.ru.