Ushbu muammoni bartaraf etish hamda fuqarolarimizga qulaylik yaratish maqsadida, Davlat xizmatlari agentligi tomonidan bir qator choralar belgilandi.
Birinchidan, endilikda milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish uchun Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek, Yakkasaroy va Sergeli tumanlari Davlat xizmatlari markazlariga ham murojaat qilish mumkin. (Avval bu xizmatdan poytaxtimizning Olmazor, Uchtepa, Shayxontohur, Mirobod, Yunusobod, Chilonzor, Yashnobod tumanlari Davlat xizmatlari markazlarida foydalanish mumkin boʻlgan. Endilikda esa, qoʻshimcha ravishda yuqoridagi uchta tumanda ham ushbu imkoniyat yaratildi).
Ikkinchidan, fuqarolarimiz haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun roʻyxatdagi Davlat xizmatlari markazlariga dam olish kunlari (shanba va yakshanba, bayram kunlaridan tashqari) soat 9:00 dan 15:00 gacha ham murojaat qilishlari mumkin.
Bunda, mehnat qonunchiligiga toʻliq rioya qilingan holda shanba-yakshanba kunlari ishlaydigan xodimlarning umumiy ish vaqti haftasiga 40 soatdan ortmaydi.
Davlat xizmatlari agentligi xalqimizga davlat xizmatlaridan foydalanishda qulayliklarni yaratishda davom etadi.
Maʼlumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga asosan eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish uchun IIBB YHXB boʻlimlariga ham murojaat qilishingiz mumkin.