Tadbirda Turizm qoʻmitasi raisi У.Шадиев boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasining turizm sohasi rasmiylari hamda ikki mamlakat tadbirkorlari va OAV vakillari ishtirok etdilar.
Taqdimot davomida mamlakatimizda sayyohlik salohiyati yuqori boʻlgan bir qancha hududlarda maxsus tashkil etilgan erkin turistik zonalar haqida maʼlumot berildi. Tadbirda soʻzga chiqqan rasmiylar oʻzaro sayyohlar oqimini oshirish – ikki mamlakat uchun muhim bozor ekanligini qayd etdilar.
Tadbir doirasida Xitoyning «Trip.com» onlayn turizm platformasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalarga bagʻishlangan taqdimot ham boʻlib oʻtdi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.