“Shargʻunkoʻmir” koʻmir sotish narxlarini belgiladi

    Kuz-qish mavsumida eng talabgir yoqilgʻi — bu koʻmir.

    Shu bois, hozirgi kunda respublikamizda mavsumga tayyorgarlik jarayoni qizgʻin kechmoqda. Zarur yoqilgʻilar zahirasi yaratishga eʼtibor qaratilmoqda.

    Ayni shu jarayonda “Shargʻunkoʻmir” AJ koʻmir joriy yil15-noyabrdan boshlab sotish narxlarini eʼlon qildi.

    Unga koʻra, SSSH markali koʻmir (0+13 mm fraksiyali) 460 000 soʻm, SSSSHMO markali koʻmir (0+50 mm fraksiyali) 312 000 soʻm, SSSKOM markali koʻmir (13-100 mm fraksiyali) 549 000 soʻm etib belgilandi.

    Narxlar bir tonna koʻmir uchun QQS bilan qoʻshib hisoblangan.

    Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi qaroriga asosan, 1 tonna koʻmir mahsuloti uchun 54000 soʻmdan maxsus qoʻshimcha toʻlov alohida belgilangan.

    Koʻmir mahsulotlarini sotish Oʻzbekiston Respublikasi “Tovar xom-ashyo birja” savdolari orqali amalga oshiriladi.