Viloyatda chorvachilikni rivojlantirish uchun salohiyat katta.
Investorlar 28 million dollar sarmoya evaziga yiliga 20 ming tonna sut va 5 ming tonna goʻshtni qayta ishlashni, Zomin, Zarbdor va Yangioboddagi 11 mingta xonadonda “Angus” zotli qoramolni koʻpaytirib, sotib olish tizimini yoʻlga qoʻyishni maqsad qilgan.
Mutasaddilarga yil yakunigacha Sharof Rashidov va Zarbdor tumanida bittadan yirik chorvachilik klasteri faoliyatini yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Dronlar yordamida qishloq va oʻrmon xoʻjaligi yerlarida aniqlangan imkoniyatlarni, asalarichilik va baliqchilikni rivojlantirish boʻyicha ham koʻrsatmalar berildi.