Mutaxassislarning fikricha, Denman muzligida yiliga 70,8 milliard tonna muz erimoqda. Sharqiy Antarktida Grenlandiyaga qaraganda kamroq xavf ostida deb hisoblangan, ammo mazkur tadqiqot bu qit'ada muzliklarning erish tezligi ortganini ko'rsatdi.

CSIRO vakili Stiven Rintulning so'zlariga ko'ra, bu tendensiya dengiz sathining ilgari bashorat qilinganidan ko'ra ko'proq ko'tarilishiga olib keladi.

Nashrning ma'lumot berishicha, oxirgi 25 yil ichida Jahon okeanining sathi 7,5 santimetrga ko'tarilgan. Taqqoslash uchun butun XX asr davomida suv bor-yo'g'i 17 santimetrga ko'tarilgan.

CSIRO va Buyuk Britaniyaning Sautgempton universiteti hisobotida aytilishicha, okean oqimlarining yo'nalishi o'zgargani sababli Antarktidaning sharqiy qirg'oqlarida suv harorati o'tgan asrning birinchi yarmiga nisbatan 2-3 darajaga ko'tarilgan.

So'nggi tadqiqotlarga ko'ra, Antarktidada yiliga 155 milliard tonna muzni eriyapti, bu esa dunyodagi qolgan muzliklarning erishi bilan birga okeanlar sathining sezilarli ko'tarilishiga sabab bo'ladi.