Sanoq komissiyasining hisoboti tinglandi. Unga koʻra,, 6—Serob saylov okrugidan deputat, viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov Oliy Majlis Senati aʼzosi etib saylandi.
Deputatlar ovoz berish natijalarini tasdiqladi.
—Senatorlik juda yuksak maqom. Ushbu maqom egasiga qoʻshimcha masʼuliyat yuklaydi. Bugun menga bildirilgan ishonchni oqlash, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish uchun bor kuchimni sarflayman, — dedi Shavkatjon Abdurazzaqov.
Oliy Majlis Senati aʼzosi saylovi boʻyicha qoʻshma majlis oʻz ishini yakunladi.