Samarqand viloyati Samarqand shahrida yashovchi, 1986-y.t., X.O.ning “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmogʻida joylashtirgan fotosuratlarini nomaʼlum shaxs koʻchirib oladi.

Ularga maxsus dasturlardan foydalanib, ishlov beradi va ushbu sharmandali fotosuratlarni boshqa ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yubormaslik evaziga 6.500 AQSH dollari, bir dona “Apple iPhone 13 Pro” va bir dona erkaklar tilla zanjiri talab qiladi.

X.O. mazkur nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻrab IIBga murojaat qildi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, tovlamachilik yoʻli bilan pullarni oʻzlashtirmoqchi boʻlgan shaxs Samarqand viloyati Samarqand shahrida yashovchi, 1987-y.t., T.U. ekani aniqlandi.

T.U. talab qilingan pullar, “Apple iPhone 13 Pro” va tilla taqinchoqni olish vaqtida ashyoviy dalilar bilan qoʻlga olindi.

T.U.ga nisbatan OʻzR. JKning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.