Tekshiruvda “G.A.” MCHJga qarashli savdo doʻkoni sotuvchisi J.S. oʻziga ishonib topshirilgan 479,1 mln soʻmlik un mahsulotini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Shu kabi, Sherobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.A.” MCHJga qarashli doʻkon sotuvchisi G.M. oʻziga ishonib topshirilgan 119,1 mln soʻmlik un mahsulotini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.