Uchrashuvda axborot sohasidagi hamkorlik va soha uchun mutaxassislar tayyorlashning dolzarb masalalari va istiqbollari muhokama qilindi.
Davlatlarimiz rahbarlarining matbuot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, professional tajriba va strategik kommunikatsiyalarga doir yondashuvlar almashish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Tez oʻzgaruvchan media muhit va raqamli platformalar ahamiyati ortib borayotgan sharoitda xodimlarning malakasini oshirish muhimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, kelgusidagi ayrim rejalar, shu jumladan axborot siyosati va ikki tomonlama kun tartibini media jihatidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshma loyihalarni ishga tushirish masalalari koʻrib chiqildi. Ochiq muloqot, professional hamkorlik va sheriklik aloqalarini mustahkamlashga intilish mushtarak ekani tasdiqlandi.








