Sherzod Asadov “Sevimli” telekanali tomonidan tashkil etilgan ochiq eshiklar kunida ishtirok etdi

    Madaniyat 5 May 2025 546

    Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov “Sevimli” telekanali tomonidan Jahon matbuot erkinligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan ochiq eshiklar kunida ishtirok etdi.

    Asadov yigʻilganlarga, ular orqali yurtimiz jurnalistika sohasining barcha vakillariga Prezidentimizning salomlari va ezgu tilaklarini yetkazdi.

    “Sevimli” telekanali keyingi yillarda ham texnik, ham mazmun jihatidan oʻsib, bugungi kunda yetakchi ommaviy axborot vositalaridan biriga aylangani quvonarli. Jumladan, telekanalning yangi media-markazi ishga tushirilgan ekan, tadbir doirasida ushbu bino bilan tanishdik. Markaz studiyalari va ofislarida ishlash uchun zamonaviy sharoitlar yaratilibdi, — deydi Sherzod Asadov.

    Davlatimiz rahbari OAVlarga qaratayotgan eʼtibori va ochiqlik siyosatining amalda oʻz ifodasini topayotgani tufayli mediamizda bunday rivojlanish barqaror tendensiya kasb etdi.

    Barcha teleradiokanallarimizga, ularda mehnat qilayotgan hamkasblarimizga shunday surʼatda yanada ulkan yutuqlar tilab qolaman, — deb yozadi Sherzod Asadov oʻzining Telegram kanalida.