Yig'ilishda ShHTga a'zo va kuzatuvchi davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblari, shuningdek, ShHT MATT Kotibiyati va Ijroiya qo'mitasi vakillari ishtirok etadi. Kun tartibiga muvofiq xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash, jumladan, terrorizm, ekstremizm, qurol va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, shuningdek, axborot xavfsizligini ta'minlash masalalari ko'rib chiqiladi.
Tadbir doirasida hamkor davlatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham rejalashtirilgan. SHHTga a'zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining yig'ilishlari 2004 yildan buyon o'tkazib kelinmoqda va ko'p tomonlama hamkorlikning muvofiqlashtiruvchi va maslahat mexanizmi hisoblanadi.