Kinofestival dasturining amaliy va ishbilarmonlik qismini SHHT mamlakatlari Kinoforumi tashkil etadi. Unda kinofestival uchun O'zbekistonga tashrif buyuradigan barcha davlatlarning delegatsiyalari ishtirok etmoqda.
Uning doirasida SHHT mamlakatlari o'zlarining kino sanoati haqida so'z yuritadilar. Bu esa yangi aloqalarni o'rnatish va unumli hamkorlik uchun umumiy asoslarni izlashga yordam beradi.
Shuningdek, kinofestivalda barcha mamlakatlar delegatsiyalari va ular taqdim etadigan loyihalar taqdimoti o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, uchrashuvlar davomida tor doirada biznes-muzokaralar, “B2B” formatdagi qo'shma ishlab chiqarish imkoniyatlarini muhokama qilish va ikki tomonlama formatdagi biznes loyihalar taqdimoti rejalashtirilgan.
Muzokaralari davomida bir qator hamkorlik memorandumlari imzolanishi kutilmoqda.