Aytishicha, u “Habibulla Yodgor” oilaviy savdo korxonasidan 4 million 485 ming soʻmga 130 ta shifer sotib olgan. Keyin uyiga olib borilgan shiferning yarmi siniqligi maʼlum boʻlgan. Isteʼmolchi sotuvchiga murojaat qilganda esa, turli bahonalar bilan siniq shiferlarni almashtirib berishdan bosh tortadi.
Mazkur tumanda yashovchi U.Abdullayev ham notanti tadbirkorlardan kuyganlardan. U tuman markazida joylashgan “Dehqon bozori” yonidagi savdo doʻkonidan 1 million 820 ming soʻmga “Samsung a10s” rusumli telefon xarid qilgan. Biroq picha vaqt oʻtgach, “IMEI koddan roʻyxatga oʻting” degan soʻrov bilan telefon apparati ishlamay qolgan. Xaridor holat yuzasidan tadbirkorga murojaat qilgan boʻlsa-da, hech qanday oʻzgarish kuzatilmagan.
Mazkur murojaatlar oʻrganilib, masala isteʼmolchilarning foydasiga hal etildi.
Shahzodbek MAMARAJABOV,
Bulungʻur tumani jamiyati mutaxassisi