Bir necha yil davomida 500 ming kishi ustida olib borilgan kuzatuvlar bu fikrni tasdiqlaydi.
Olimning so'zlariga ko'ra, kasallik aksariyat hollarda issiq choy va boshqa ichimliklar iste'mol qilish madaniyatiga ega mamlakatlar — Turkiya, Qozog'iston, Turkmaniston, O'zbekistonda ko'p uchraydi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, nafaqat juda issiq choy ichadigan, balki, chekadigan va spirtli ichimliklarni iste'mol qiladiganlar uchun ham kasalikka chalinish xavfi yuqori.
Mutaxassis choyning zararli ta'sirini qanday kamaytirish mumkinligini ma'lum qildi.
Avvalo, ichimlik o'rtacha haroratda bo'lishi kerak. (Siz piyolani ko'tarib bo'lmaydigan darajada issiq choy ichishingiz mumkin emas). Bundan tashqari, olim kuniga uch-to'rt piyoladan ortiq choy ichmaslikni maslahat berdi.