Bu haqda Oliy sud axborot xizmati maʼlum qildi.
Aytilishicha, shifokor N. Mamatoʻrayeva «Ish beruvchi yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga toʻlanishi lozim boʻlgan maxsus oylik ustama pulini toʻlab bermayapti« mazmunida Sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyati kengashiga murojaat yoʻllagan.
Murojaat mehnat huquqi inspektori tomonidan oʻrganib chiqilib, shahar tibbiyot birlashmasiga koʻrsatma xat kiritilgan. Amaldagi qonun-qoidalarga binoan xodim hisobiga maxsus oylik ustama pullari toʻlanishi soʻralgan. Ammo koʻrsatma xat ijrosi rad qilingani sababli xodim manfaatini himoya qilib fuqarolik ishlari boʻyicha Guliston tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritildi.
Mazkur daʼvo arizasi sudda koʻrib chiqilib, xodim hisobiga 11 000 000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻi toʻlanishi haqida hal qiluv qarori qabul qilindi.
Natijada shahar tibbiyot birlashmasi yangi xodim uchun toʻlanishi lozim boʻlgan 11 million miqdoridagi ustama pul mablagʻini sudning hal qiluv qaroridan soʻng shifokorga toʻlab berdi.