Bu haqda okrug sherifi Darren Kempbell ABC News telekanaliga ma'lum qildi.

Federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) avvalroq samolyot bortida olti kishi bo'lganini ma'lum qilgan edi. Yettinchi odamning o'limi haqida batafsil ma'lumotlar berilmadi.

FAA va Milliy transport xavfsizligi kengashi (NTSB) hodisa yuzasidan tekshiruv o'tkazmoqda.

Bundan tashqari, sobiq NASCAR haydovchisi Greg Bifflning oilasi vakillari avihalokatda hayotdan ko'z yumganlar orasida u, uning rafiqasi Kristina, o'g'li Rayder va qizi Emma bo'lganligini tasdiqlovchi bayonot berdi, deb xabar beri report.az.