Departament maʼlumotlariga koʻra, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonni oʻz ichiga olgan Davlatlararo suv xoʻjaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasining 86-yigʻilishida tomonlar sugʻorish mavsumida Shimoliy Orolga 997 million kub metr suv oqib kelishiga kelishib oldilar. Oqimi yiliga kamida 30 kubometr boʻladi. Endi dengizga soniyasiga 50 kub metr suv kiradi. Bir yil avval suv oqimi soniyasiga 6 kub metrni tashkil qilgan.
"Yil boshidan buyon Shimoliy Orol dengiziga 1,1 milliard kub metr suv kelib tushdi. Shunday qilib, bugungi kunda Shimoliy Oroldagi suv hajmi 21,4 milliard kub metrni tashkil etdi”, — deyiladi dushanba kuni eʼlon qilingan xabarda.
Ilgari Shimoliy Orol dengizini janubdan ajratib turuvchi Koʻkaral toʻgʻoni qurilishi tugallangan edi. Toʻgʻon Shimoliy Orol dengizi suv sathini koʻtarish imkonini berdi.
“Toʻgʻon foydalanishga topshirilgandan to bugungi kunga qadar Sirdaryodan Shimoliy Orol dengiziga 46,6 milliard kub metr suv, soʻnggi yetti yilda esa 13,3 milliard kub metr suv quyilgan. Yillar davomida Shimoliy Orolda suv hajmi kamayib bormoqda, biroq 2024-yil boshidan boshlab u yana oʻsishni boshladi va bugungi kunda 21,4 milliard kub metrga yetdi”, — dedi Suv xoʻjaligi vazirligi rasmiy vakili Moldir Abdualiyeva.