Shimoliy Qozogʻistonda yuqori patogenli parranda grippi tarqaldi

    Yashil sayyora 19 Sentabr 2020 1653

    9-sentyabrdan 16-sentyabrgacha Shimoliy Qozogʻiston viloyatining yettita tumanida har xil turdagi parrandalarning nobud boʻlishi qayd etildi.

    “Milliy maʼlumotnoma markazi oʻlimiga yuqori patogenli parranda grippi sabab boʻlganligini aniqladi. Qabul qilingan qoidalarga muvofiq, Qozogʻiston yuqumli kasallik haqida Butunjahon hayvonlarni sogʻliqni saqlash tashkilotiga xabar berdi”, - deyiladi Qozogʻiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi xabarida.

    2020-yil 17-sentyabrda Shimoliy Qozogʻiston viloyatining yetti tumanida karantin joriy etildi. Karantin shartlariga koʻra odamlar va transport vositalarining harakati imkon qadar cheklangan boʻladi, karantin zonasiga kirish va chiqish joylarida dezinfeksiya toʻsiqlari oʻrnatiladi.

    Karantin oxirgi holatdan 21 kun oʻtgach bekor qilinadi.