Jumladan, mulkdorlardan yigʻilgan majburiy badal pullari maqsadsiz ishlatilganligi boʻyicha 49 ta holatda, jami 1 mlrd 809,5 mln soʻm mablagʻ talon-taroj qilingan.
Bu borada Toshkent viloyati 950,1 mln soʻm bilan “yetakchi”lik qilmoqda. Shuningdek,
Navoiy viloyatida 5 ta holat boʻyicha, jami 449,4 mln soʻm;
Fargʻona viloyatida 4 ta holat boʻyicha, jami 300,1 mln soʻm;
Qashqadaryo viloyatida 3 ta holat boʻyicha, jami 67,9 mln soʻm;
Buxoro viloyatida 10ta holat boʻyicha, jami 42,1 mln soʻm maqsadsiz ishlatilgan.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan toʻplangan materiallar huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taqdim etildi.