Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 25 ta xorijiy davlatlarga qiymati 15,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan shisha idish va buyumlarni eksport qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 4,0 mln. AQSH dollariga oshgan.
Oʻtgan 8 oy mobaynida Oʻzbekiston shisha idish va buyumlarni eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 8,3 mln.
Tojikiston – 2,4 mln.
Turkmaniston – 1,8 mln.
Qirgʻiz R. – 1,8 mln.
Gruziya – 710,6 ming
Armaniston – 341,6 ming
Ozarbayjon – 209,3 ming AQSH dollari
2021-yilning 1-sentyabr holatiga koʻra, Oʻzbekiston shisha idish va buyumlarni eng koʻp eksport qilgan hududlar:
Toshkent shahri – 9,0 mln.
Jizzax viloyati – 2,9 mln.
Fargʻona viloyati – 1,5 mln. AQSH dollari