Gap shundaki, ushbu qishloqlik tadbirkor Boburbek Matyoqubov taʼsis qilgan “Boburbek qaymoqlari” MCHJda sutni qayta ishlab, qatiq, pishloq kabi xaridorgir mahsulotlarni tayyorlash yoʻlga qoʻyildi.

Tadbirkor oʻz biznesini yoʻlga qoʻyish uchun “Agrobank” ATBdan 500 million soʻmlik imtiyozli kredit oldi hamda zamonaviy uskunalar xarid qildi.

Endilikda nafaqat qishloq ahli bu yangilikdan bahramand, balki tuman markaziy bozori savdo doʻkonlarida ham “Boburbek qaymoqlari”da tayyorlangan mahsulotlarga talab oshib bormoqda.

Tadbirkorning bu tashabbusi tufayli yangidan 10 ish oʻrni yaratilib, qishloq yoshlari bandligi taʼminlandi.

Ayni paytda MCHJda bir necha turdagi non va non mahsulotlari tayyorlash ham yoʻlga qoʻyilgan.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik tufayli bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nisbatan arzon ekanini alohida taʼkidlash joiz.

Roʻzimboy HASAN,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri