Uchrashuvda viloyat masʼul idoralari hamda sektor rahbarlari, Yoshlar ishlar agentligi viloyat boshqarmasi va Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, qator mutasaddi tashkilot vakillari va tumandagi bir guruh yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda yoshlarimizga Davlatimiz Rahbari tomonidan koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor va gʻamxoʻrlik, ularning oʻz qobilyati va salohiyatini namoyon qilishlari uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, yoshlar huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatining hayotiy ifodasi ekanini aniq misollar bilan tushuntirib oʻtildi.

Uchrashuvda yoshlarning muammolari, taklif mulohazalari tinglandi va jami qabul qilingan 34 ta murjaatdan 14 tasi oʻz joyida hal qilindi.

Tadbirkorlik qilishni niyat qilgan jami 5 nafar yoshga 30 mln soʻmlik sertifikat, 4 nafar tikuvchilikga qiziqadigan yoshlarga tikuvmashinasi hamda 2 nafar yosh ijodkorga planshet va printer berildi.

— Uchrashuvda issiqxona qurish uchun 3 sotixli yer maydoni soʻrab murojaat qilgan edim, - deydi tumandagi “Nurafshon” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi Muxriddin Muxiddinov. — Murojaatim oʻz joyida hal etildi. 3 sotixlik yer maydonini olish uchun maxsus sertifikat berildi. Bizga yaratilgan imkoniyatlardan minnatdormiz

Uchrashuvi soʻngida bir guruh tuman yoshlari kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.