Kuni kecha Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida tashkil etilgan “Parvoz” adabiy toʻgaragi yoshlari bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoir Ahtamquli bilan boʻlib oʻtgan ijodiy uchrashuv ana shunday begʻubor tuygʻular va yoshlik hayajonlariga boy boʻldi.
Tumandagi 41-maktabda oʻtkazilgan uchrashuvda adabiyot oʻqituvchilari, oʻquvchilar ishtirok etib, ustoz ijodkorning suhbatlari va sheʼrlaridan bahramand boʻlishdi. Shoirning olis Surxon vohasida kechgan bolaligi, otasining armonini Abdulla Oripovga yetkazish yoʻlidagi mashaqqati, bunga atab “Qarz” nomli sheʼrni yozgani haqidagi hikoyasi, ayniqsa, yoshlarga juda manzur boʻldi.
Uchrashuv davomida toʻgarak yoshlari mehmon ijodkorga oʻz ijodiy mashqlarini oʻqib, ustoz shoirning tavsiya va maslahatlarini tinglashdi.
Nargiza Asadova,
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi