Sinoptiklarning ma'lumotlariga ko'ra, Buyuk Britaniya shimolida kuchli shamol esadi, ba'zi joylarda 25 santimetrgacha yog'ingarchilik bo'ladi.

Noqulay ob-havo tufayli maktablarda darslar bekor qilindi, ish beruvchilardan xodimlarni masofaviy ishlarga o'tkazish talab qilindi. Qator yo'nalishlarda poyezdlar harakati to'xtatildi, shamol tufayli bir qancha avtomobil ko'prigi yopiladi. Bundan oldin “Babet” to'foni Irlandiyada suv toshqinini keltirib chiqargandi, deb xabar beradi mir24.tv.