Shovqin inson salomatligi uchun yashirin tahdid ekani aytildi

    Kuchli tovushlar tufayli uyqu buzilishi stress, asab tizimi bilan bogʻliq muammolar va immunitetning zaiflashishiga olib kelishi mumkin, bu surunkali kasalliklarning rivojlanish xavfini oshiradi.

    Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tadqiqotchilari 85 dB (desibel) dan yuqori sakkiz soatlik shovqin foni yurak-qon tomir va ovqat hazm qilish tizimlarining patologiyalarini qoʻzgʻatishi, shuningdek, miya va eshitish organlari oʻrtasidagi aloqani buzishi mumkinligini aniqladi.

    Natijalar The Lancet ilmiy jurnalida chop etildi. Shovqinning kuchayishi havoning ifloslanishi kabi atrof-muhitga halokatli taʼsir koʻrsatish shakllaridan biri sifatida tan olingan.

    Nashrning qayd etishicha, tadqiqotchilar shovqinni havo orqali tarqaladigan va inson eshitishlari doipazonidagi tebranishlar deb taʼriflaydi. Qabul qilinadigan darajadan oshib ketadigan, ayniqsa uzoq vaqt davomida taʼsir qiladigan baland tovushlar sogʻliq uchun jiddiy xavf tugʻdiradi.
    Ular tinnitus — miya va eshitish organlari oʻrtasidagi aloqani buzilishiga olib kelishi mumkin. Ogʻir holatlarda eshitishning toʻliq yoʻqolishiga olib keladi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, Yevropada katta yoshlilarning har yettitasidan biri tinnitusdan aziyat chekadi.

    Eshitish bilan bogʻliq muammolardan tashqari, shovqinning balandligi yurak-qon tomir va ovqat hazm qilish tizimlariga taʼsir qiladi. Kuchli tovushlar tufayli uyqu buzilishi stress, asab tizimi bilan bogʻliq muammolar va immunitetning zaiflashishiga olib kelishi mumkin, bu surunkali kasalliklarning rivojlanish xavfini oshiradi.

    Olimlar sogʻlikka salbiy taʼsirlarni kamaytirish uchun shaharlardagi shovqin darajasini pasaytirish va uyqu sharoitlarini yaxshilashga koʻproq eʼtibor berishga chaqirmoqda.