Axborotda quyidagi maʼlumotlar aks etdi.

  • Turkiya va Rossiya Federatsiyasiga oliy darajadagi rasmiy tashriflar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan xorijiy mehmonlarning qabullari, 20 dan ortiq oliy darajadagi onlayn-muloqot tashkillashtirildi.
  • Jami 58 ta xorijiy parlamentlar va halqaro tashkilotlar darajasidagi tashrif va uchrashuvlar, onlayn-muloqotlar tashkil etildi.
  • Koronavirus pandemiyasi sharoitida Tashqi ishlar vazirligi oʻz funksional vazifalari doirasida xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan 11 mingdan ortiq fuqarolarimizga moddiy yordam koʻrsatish, 95 mingdan ortiq fuqarolarni Oʻzbekistonga qaytarib kelish, shuningdek, mamlakatimizdagi 7 mingdan ortiq xorijiy fuqarolarni oʻz vataniga yuborish tadbirlarida hissa qoʻshdi.
  • Oʻzbekistonning diplomatik vakolatxonalari koʻmagida 2020-yil boshidan buyon mamlakatimizga 3 mlrd dollaridan ortiq xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilindi.

Shu bilan birga, Senat tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokama qilish jarayonida Tashqi ishlar vazirligi faoliyatida qator muammo va kamichiliklar mavjudligi aniqlandi. Jumladan,

  • Xorijiy davlatlar bilan hududlararo hamkorlik samaradorligini oshirish maqsadida viloyatlar mutasaddilari uchun oʻquv mashgʻuloti va treninglar tizimi shu kungacha yoʻlga qoʻyilmagan. Hududlardan tushayotgan maʼlum loyihalar va investitsion takliflar javobsiz qolmoqda.
  • Fuqarolarimizning chet elda huquqlarini himoya qilish, ularga tegishli yordam va yuqori sifatli konsullik xizmatlarini koʻrsatishning amaldagi tartibi qattiq tanqid qilinmoqda. Buni ijtimoiy tarmoqlardagi koʻplab xabarlar tasdiqlaydi.