Bu haqda Shternberg nomidagi MDU Davlat Astronomiya instituti astronomi Sergey Juyko ma'lum qildi.

Olimning ta'kidlashicha, kometani birorta asbob, hech bo'lmaganda durbin bilan kuzatish lozim. Usiz odam dumsiz, nuqtaga o'xshash kichik obyektni ko'rishi mumkin, xolos.

Juykoning qo'shimcha qilishicha, bunday vaziyatda ob-havo va joy tanlash muhim rol o'ynaydi. Osmon jismlarini shahardan tashqarida yoki sun'iy yorug'likdan holi joyda tomosha qilgan ma'qul.

C/2022 E3 kometasini dunyoning har qaysi nuqtasidan turib, tomosha qilish mumkin, deyiladi aif.ru saytida.