Bu haqda Oʻzbekistonning Polshadagi elchixonasida joriy yilning 13-mart sanasidan boshlab “LOT Polish Airlines” aviakompaniyasi tomonidan yoʻlga qoʻyilayotgan Varshava–Toshkent–Varshava havo qatnoviga bagʻishlangan targʻibot tadbirida maʼlum qilindi, deya xabar berdi “Dunyo” AA.
LOT Polish Airlines kompaniyasi Sotuv departamenti direktori Marta Vishnevska oʻz nutqida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan Oʻzbekiston turizmiga boʻlgan qiziqish yuqori ekanligini va Oʻzbekistonning boy tarixi koʻplab sayyohlar kabi unda katta qiziqish uygʻotganini taʼkidladi. U boʻlajak havo qatnovlari Oʻzbekiston va Polsha oʻrtasidagi sayyohlar almashinuvini yanada rivojlantirishga xizmat qilishini bildirdi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekistonning turizm salohiyatiga doir videolavhalar namoyish etildi va ishtirokchilarga targʻibot materiallari tarqatildi.