Shu vaqtgacha Shvetsiya boshqa Yevropa mamlakatlaridan farqli qatʼiy chegaralanishlarga qarshi edi. Bu yerda asosiy profilaktik chora sifatida masofa saqlash qabul qilingandi. Hatto bahorda va yozning boshida pandemiya eng baland nuqtasiga yetganida ham bu yerda restoran va barlar ishlardi, koʻpgina maktablar yopilmagandi.
Sentyabrning boshidan kasallik butun Yevropa boʻylab yana avj oldi, va koʻpgina mamlakatlar qatʼiy ijtimoiy chegaralanishlarga qaytdi.
Shvetsiya hukumatining koronavirus bilan kurash uchun populyatsion immunitet shakllanishidan umidi ham puchga chiqdi. Bu yerda ham Yevropaning boshqa mamlakatlari kabi kasallik tez koʻpayapti.
Yevropa boʻyicha kasallikni nazorat qilish va oldini olish markazi maʼlumotiga qaraganda, Shvetsiyada soʻngi hafta ichida bir million kishiga 65 ta kasallanish holati toʻgʻri keladi ekan. Taqqoslash uchun, bu holat Daniyada 71ta, Finlyandiyada 40ta, Norvegiyada esa 25 taga toʻgʻri kelyapti.
Dushanba kunidan sogʻliqni saqlashning hududiy organlariga fuqarolardan jamoat joylaridan — savdo markazlari, muzey, kutubxona, basseynlardan oʻzlarini uzoq tutishlari, konsert va trenajyor zallariga bormaslik kerakligi haqida soʻrash imkonini beradigan kerak boʻlgan yangi qoidalar kuchga kirishi kutilyapti. Ular shuningdek, jamoat transportidan foydalanishni chegaralash, hamda odamlarga yoshi ulugʻ kishilar va kasallanganlikdan shubha uygʻotuvchi kishilardan oʻzlarini uzoq tutishini tavsiya etish huquqiga ega boʻladilar, deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta.